Nasiya savdosi uchun bulutli ERP/CRM.
Kompaniya haqida
Loome kim tomonidan yuritiladi va nima qiladi
1. Biz kimmiz
Loome — O‘zbekistondagi nasiya (muddatli to‘lov) savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlar uchun bulutli ERP/CRM tizimi. Do‘kon mijozlar, shartnomalar, to‘lov grafiklari, kassa va ombor hisobini bitta joyda yuritadi.
Tizim yakka tartibdagi tadbirkor O‘rinov Shohabbos O‘tkirbek o‘g‘li tomonidan ishlab chiqiladi va yuritiladi.
Loome — axborot texnologiyalari xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot. Kredit, mikroqarz yoki boshqa moliyaviy xizmat ko‘rsatmaydi va nasiya bermaydi. Nasiyani do‘konning o‘zi o‘z mijoziga beradi.
2. Qurilmalarga nisbatan rolimiz
Loome — dasturiy ta’minot yetkazib beruvchi (MDM vendor). Biz qurilmalarni sotmaymiz, sotib olmaymiz va ularga egalik qilmaymiz.
Nasiyaga sotilgan qurilma do‘konga tegishli bo‘ladi. Har bir do‘kon qurilmani o‘z tashkiloti nomidan ro‘yxatga oladi va o‘z siyosatini o‘zi belgilaydi. Loome faqat shu jarayonni yuritadigan dasturiy vositani beradi.
Qurilmani boshqarish profili (MDM) mijozning yozma roziligi asosida o‘rnatiladi. To‘lov yakunlangach qulf avtomatik yechiladi, profilni esa do‘kon o‘z mijozi bilan tuzgan shartnomasiga muvofiq olib tashlaydi. Bu operator tarmog‘ida IMEI bloklash emas — u davlat va aloqa operatorlari vakolatida.
3. Rekvizitlar
- Nomi: Yakka tartibdagi tadbirkor O‘rinov Shohabbos O‘tkirbek o‘g‘li
- STIR: 593282894
- Manzil: Toshkent sh., Yangihayot tumani, Navruz ko‘chasi 7-uy, 27-xonadon, 100149
- Telefon: +998 97 455 61 62
- Email: abm@loome.uz
- Sayt: loome.uz